Appleʼning yubiley iPhoneʼi haqida yangi tafsilotlar paydo boʻldi
Insayder Ice Universeʼga koʻra, Apple 4 ta yubiley iPhone modelini ishlab chiqmoqda: 2 tasi tekis shishali, 2 tasi esa toʻrt cheti boʻylab egilgan shishaga ega.

Ice Universeʼning aytishicha, Apple qariyb uch yildan beri shishani toʻrtala tomoni boʻylab egish konstruksiyasini sinovdan oʻtkazmoqda va shu vaqt ichida uni bir necha bor oʻzgartirgan. Egilish shakli hali takomillashtirilmoqda.
Dastlabki prototiplarda chetlar ancha kuchli yumaloqlangan, keyin esa egilish darajasi kamaytirilgan. Yaqinda internetda paydo boʻlgan versiya, uning soʻzlariga koʻra, shunday dastlabki prototiplardan biriga tegishli boʻlgan.
Yangi dizayndagi modellarda ekran atrofidagi ramkalar taxminan 1 mm boʻladi. Shisha barcha tomondan egilgani sababli, ekranga toʻgʻridan-toʻgʻri qaralganda ular deyarli koʻrinmaydi va ramkalar deyarli butunlay yoʻqdek taassurot uygʻotadi. Insayderning soʻzlariga koʻra, ayrim soha vakillari boʻlajak buklanadigan Apple iPhoneʼiga qaraganda yubiley iPhoneʼiga allaqachon koʻproq qiziqish bildirmoqda.



