RUUZEN
Sunʼiy intellekt

Google Geminiʼga hududiy aksentlarga ega 66 ta yangi ovoz qoʻshdi

Ovozli sunʼiy intellekt yordamchisi ingliz, hind, portugal, indonez va koreys tillari uchun turli talaffuz variantlarini oldi.

17-noyabr, 13:21По-русски

Read in English

Google Android va iOS uchun Gemini ilovasida 66 ta yangi hududiy ovozni tarqata boshladi. Yangilanish ingliz tilining Amerika, Britaniya va Hindiston variantlarini, shuningdek hind, braziliya portugal, indonez va koreys tillarini qamrab oladi.

Britaniya ingliz tiliga alohida eʼtibor qaratildi: foydalanuvchilarga oʻndan ortiq talaffuz varianti, jumladan Nyukasl, Liverpul, Birmingem, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya aksentlari, shuningdek London aholisi nutqiga xos jihatlar taqdim etildi.

Googleʼning aytishicha, yangi ovozlar hududiy xususiyatlarni boʻrttirib takrorlashga emas, kundalik nutqning tabiiy talaffuzi, ohangi va ritmiga moslangan. Tanlangan variant Gemini Liveʼning ovozli rejimida ham, matnli javoblarni tinglashda ham ishlatiladi.

Yangi ovozlarni Gemini ilovasi sozlamalaridagi «Gemini ovozi» boʻlimi yoki Gemini Live menyusi orqali sinab koʻrish mumkin. Bunda variantlar shaharlar va hududlar boʻyicha alohida nomlanmagan.