RUUZEN
IT

Netflix xokkey romani asosidagi serial aktyorlari tarkibini kengaytirdi

Hannah Grace kitobi asosidagi ekranlashtirish loyihasiga Auliʻi Kravalyo, Gabriel Tirni va yana bir necha aktyor qoʻshildi.

13-noyabr, 18:07По-русски

Read in English

Netflix Maple Hills kitoblar turkumiga kiruvchi Hannah Graceʼning shu nomdagi romani asosida yaratilayotgan «Muz yoruvchi» (Icebreaker) seriali aktyorlari tarkibini shakllantirishda davom etmoqda. Bosh rollarni Deyzi Jelli va Konnor Simos ijro etadi: ular Anastasiya «Stessi» Allen hamda Neyt Hokins obrazlarini gavdalantiradi.

Loyihaga, shuningdek, Gabriel Tirni, Auliʻi Kravalyo, professional sportchi Piter Berri, Chaneyl Kular, Devin Kreyg va Aydan Shou qoʻshildi. Ular mos ravishda Aaron, Lola, Robbi, Jey-Jey, Genri va Rass obrazlarini gavdalantiradi. Avvalroq Pol Uesli murabbiy Nil Folkner rolini oʻynashi maʼlum boʻlgan edi.

Syujet markazida Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritishni orzu qilayotgan figurali uchuvchi Stessi va NHLga kirishga intilayotgan xokkeychi Neyt turadi. Baxtsiz hodisadan soʻng ularning jamoalari bitta muz arenasini boʻlishishga majbur boʻladi, bu esa yosh sportchilarni yaqinlashtiradi.

Serialni Jeyd Helli Bartlett yaratgan, shouranneri esa Amanda Lasher boʻlgan. Hannah Grace ham ijrochi prodyuserlar qatoridan joy olgan. Premyera sanasi hozircha eʼlon qilinmagan.