Firefox rahbari: Mozilla saʼy-harakatlarining 27 foizini zaifliklarni bartaraf etishga sarflamoqda
Firefox rahbari Ajit Varma Mozilla zaifliklarni bartaraf etish saʼy-harakatlari ulushi bir yil avvalgi 10 foizdan 27 foizga oshganini aytdi. AI modellari brauzerda tobora murakkab muammolarni topmoqda.

Varmaning aytishicha, AI rivojining hozirgi surʼatlari jamoaga kiberxavfsizlik muammolarini bartaraf etish uchun hali yetarlicha vaqt qoldirmoqda. Mozilla buning uchun oʻz resurslaridan oʻtgan yilgidan ancha koʻproq sarflamoqda.
OpenAI va Anthropic notijorat Mozillaʼga koʻplab tokenlarni bepul taqdim etmoqda. Ularning ilgʻor modellari Firefoxʼdagi zaifliklarni topishga yordam bermoqda. Mart oyida Anthropic xodimi xato haqida xabar yubordi. Mozilla bilan bogʻlanganidan soʻng, u yana koʻplab muammolarni aniqlagani maʼlum boʻldi. Kompaniya brauzerning manba kodini ochgan, shu bois zaiflik haqida istalgan kishi xabar berishi mumkin.
Brauzerni himoyalashdan tashqari, Mozilla Firefoxʼni tezlashtirish va xotira sizib chiqishi kabi muammolarning oldini olish uchun AIʼdan foydalanishni ham koʻrib chiqmoqda. Varma xodimlarni odatiy vazifalarni modellarga topshirishga chaqirdi, shunda ular eʼtibor talab qiladigan ishlarga diqqat qaratishi mumkin.



