RUUZEN
Gadjetlar

Bluetooth 2027-yilda deyarli toʻrt baravar tezlashadi

Yangi standart maʼlumotlarni soniyasiga 7,5 Mbitgacha tezlikda uzatish va simsiz audio sifatini yaxshilash imkonini beradi.

4-noyabr, 12:15По-русски

Bluetooth Special Interest Group (SIG) High Data Throughput (HDT) texnologiyasini Bluetooth Core 7.0 standartining qoʻshimcha funksiyasi sifatida tasdiqladi. U Bluetooth LE qurilmalarida maʼlumot uzatishning maksimal tezligini 2 Mbit/s dan 7,5 Mbit/s gacha oshiradi.

Bu yuqoriroq sifatdagi ovozni uzatish, koʻp kanalli va fazoviy audioni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, aqlli soatlar maʼlumotlarini sinxronlashtirish va ularning proshivkasini yangilash jarayonini tezlashtirish imkonini beradi. Oʻtkazish qobiliyatining oshishi sunʼiy intellektga ega qurilmalar, shuningdek, fazoviy hisoblash tizimlari uchun ham foydali boʻladi.

HDT qoʻllab-quvvatlanadigan ilk qurilmalar 2027-yil boshida paydo boʻlishi kutilmoqda. Texnologiyaning kengroq tarqalishi esa keyinroq prognoz qilinmoqda..

Yana oʻqing