RUUZEN
Smartfonlar

Galaxy S27 Ultra 5700 mA·soatlik batareyaga ega boʻladi

Insayder Debayan Roy Samsung Galaxy S27 Ultraʼning taxminiy xususiyatlari bilan boʻlishdi. Boʻlajak flagmanga 60 Vt quvvatli zaryadlash, 200 MP kamera va protsessorning ikkita ehtimoliy varianti vaʼda qilinmoqda.

27-oktabr, 15:21По-русски

Uning taʼkidlashicha, Galaxy S27 Ultra 200 MP asosiy sensor bilan jihozlanadi. Unga 50 MP ultra keng burchakli kamera, besh karra optik yaqinlashtirish va 50 MP aniqlikka ega telefoto modul, shuningdek, 16 MP selfi-kamera hamroh boʻladi.

Batareya sigʻimi 5700 mA·soatni tashkil etadi. Smartfon kabel orqali 60 Vt, simsiz tarzda esa 25 Vt quvvatda zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, S Pen, USB 3.2 va IP68 standarti ham tilga olingan.

Platforma variantlari qatoridan Exynos 2700 va Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 oʻrin olgan. Xalqaro modifikatsiya uchun qaysi protsessor tanlanishi hozircha aniq emas. Tezkor xotira 12 yoki 16 GB, ichki xotira esa 256 GB, 512 GB yoki 1 TB boʻladi. Qurilmaning startdagi narxi 1500 dollarni tashkil etadi.

Yana oʻqing