RUUZEN
Sunʼiy intellekt

3 baravar tez, xarajatlar 60% kam: Google Gemini 4 Neonʼni taqdim etdi

Google dasturlash, tahlil va koʻp bosqichli vazifalar uchun Gemini 4 Neonʼni taqdim etdi. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, u Gemini 4 Carbonʼdan uch baravar tez, xarajatlar esa 60% kam.

19-noyabr, 18:33По-русски

Read in English

ixbt.com

Gemini 4 Neon hozirning oʻzida Google AI Pro va Ultra obunachilari uchun Gemini ilovasida mavjud. Ishlab chiquvchilar undan pullik API orqali foydalanishi mumkin, model Google Antigravity va kompaniyaning korporativ xizmatlariga ham integratsiya qilingan.

Shu bilan birga, amaldagi reklama narxlarida Neon tokenlarining ayrimlari Carbonʼnikidan qimmatroq. API orqali 1 mln kiruvchi token narxi $3, chiquvchi tokenlarniki esa $15. Carbon uchun bu narxlar mos ravishda $2 va $10; chegirma 30 noyabrgacha amal qiladi.

Artificial Analysis Intelligence Index testida model 61 ball, CursorBench 4.1’da esa 65,4% natija qayd etdi. Google, shuningdek, ichki sinovlarda Neon ayrim koʻrsatkichlar boʻyicha Carbonʼdan oʻzganini bildiradi. Model imkoniyatlarining mustaqil bahosi hozircha yoʻq.