Samsung Wear OS 7 asosidagi One UI 9 Watchʼni Galaxy Watch8 uchun tarqatishni boshladi
Yangilanish Janubiy Koreyada allaqachon mavjud boʻlib, 2026-yil oktabr oyidagi xavfsizlik tuzatishini oʻz ichiga oladi.

Samsung Wear OS 7 asosidagi One UI 9 Watchʼning Galaxy Watch8 aqlli soatlari uchun yakuniy versiyasini tarqatishni boshladi. Yangilanish dastlab Janubiy Koreyadagi foydalanuvchilar uchun mavjud boʻldi.
Proshivka L320XXU2BZJ7 raqami bilan OTA orqali tarqatilmoqda. Yuklab olinadigan fayl hajmi taxminan 2 GBni tashkil etadi. Yangi funksiyalar bilan birga tizim 2026-yil 5-oktabr sanasidagi xavfsizlik yamogʻini ham oldi.
Avvalroq Samsung avgust oyining oxirida Galaxy Watch8 uchun One UI 9 Watch beta-sinovini boshlagan edi. Endi kompaniya yangilanishni boshqa bozorlarga ham tarqatishni kengaytirishni, keyinroq esa uni soatlarning eskiroq modellariga ham chiqarishni rejalashtirmoqda.



