Sharh: Asus ProArt P16 mahalliy AI bilan kelajak haqida tasavvur beradi
Nvidia RTX Spark chipiga ega Asus ProArt P16 AI modellarini bevosita noutbukning oʻzida ishga tushirish uchun moʻljallangan. 128 GB xotirali yuqori konfiguratsiya $7 000 turadi

Modelning asosiy jihati — protsessor va Blackwell grafikasi uchun umumiy xotira. Maksimal konfiguratsiyada u 100 milliarddan ortiq parametrga ega modellarni yuklash imkonini beradi, biroq Windows AI uchun foydalanish mumkin boʻlgan xotira hajmini taxminan 110 GB bilan cheklaydi.
Noutbuk oddiy ishlar, oʻyinlar va professional vazifalar uchun ham moʻljallangan. Unda 120 Gts yangilanish chastotasiga ega OLED ekran, uchta USB-C porti, USB-A, HDMI, quloqchin uyasi va SD-kartalarni oʻqish qurilmasi bor. Quvvatlagich USB-C orqali ulanadi va 140 Vt quvvatga ega.
Asus maʼlumotlariga koʻra, bir marta quvvatlanganda batareya koʻpi bilan 12 soatga yetadi, ammo aralash yuklama va AI bilan ishlaganda avtonomlik qisqaradi. Toʻliq ish kuni va modellar bilan oʻtkazilgan tajribalardan soʻng qurilma quvvatining taxminan 30 foizi qolgan.
Nvidia va Asus fikricha, RTX Spark maʼlumotlarni bulutga yubormasdan va pulli tokenlarni sarflamasdan, kuchli modellarni lokal ravishda ishga tushirish imkonini beradi. Biroq bunday tizimlarni sozlash va boshqarish bilan foydalanuvchining oʻzi shugʻullanishiga toʻgʻri keladi. Windows lokal agentlarni ishga tushirishni osonlashtiradi, ammo ularni oʻrnatish va ishlatish sinab koʻrishni talab qiladi hamda jarayon har doim ham muammosiz kechmaydi.



