GTA 6 missiyalarni qayta oʻynashga imkon bermaydi: Rockstar jiddiy sababni tushuntiradi
GTA 6’da syujet missiyalarini qayta oʻtib boʻlmaydi: Rockstar studiya aytishicha, hikoyaga zid va oʻyinchi tanlovini qadrsizlantirgani uchun bu funksiyadan voz kechgan.

Rockstar Games kompaniyasining dizayn boʻyicha katta direktori Skott Batchard ishlab chiquvchilar oʻyinning dastlabki bosqichida missiyalarni qayta oʻtish imkoniyatini koʻrib chiqqanini aytdi. Biroq oʻyin ustidagi ishlar davomida bu funksiya hikoyadan uzilgandek koʻrina boshlagan: topshiriqlarga keyinroq qaytish oʻyinchining qarorlari ahamiyatini kamaytirardi.
GTA 6’da tanlovlar hikoyaning rivojiga taʼsir qiladi: qahramonlarni ayab qolish yoki oʻldirish, maqsadlarni esa turli usullarda bajarish mumkin. Jeyson va Lyusiyaning munosabatlari ham turlicha rivojlanishi mumkin. Bu oʻzgarishlar dialoglar va sahnalarda ham aks etadi.
Syujet topshiriqlarini qayta oʻtish imkoniyati GTA 4 uchun Ballad of Gay Tony qoʻshimchasidan boshlab seriyada paydo boʻlgan, keyin esa GTA 5’da qaytgan. Rockstar yangi oʻyinda hozircha bu imkoniyatni qoʻllab-quvvatlamayapti va uni yangilanish orqali qoʻshishini tasdiqlamagan.



