Marvel «Vijn»ning birinchi qismini YouTubeʼda bepul namoyish etdi
Tomoshabinlar yangi MCU serialining boshlanishini Disney+ obunasisiz koʻrishlari mumkin.

Marvel va Disney YouTubeʼda «Vijn» (VisionQuest) serialining birinchi qismini bepul tomosha qilish imkonini berdi. Shu tariqa Disney+ striming xizmatiga obuna boʻlmagan tomoshabinlar ham loyiha boshlanishini koʻrishlari mumkin.
Serial Vanda Maksimoff va Vijnning 2021 yilda «Vanda/Vijn» (WandaVision) serialida boshlangan hamda «Bu — Agata» (Agatha All Along)da davom etgan hikoyasini yakunlaydi. Ushbu uch loyiha Marvel kinematografik olami ichidagi oʻzaro bogʻliq trilogiyani tashkil etadi.
VisionQuest syujetining markazida oʻz shaxsiyatini anglashga urinayotgan qayta tirilgan Vijn turadi. Unga boshqa sunʼiy intellektlar, jumladan Orla Bredi ijrosidagi FRAYDEY va Jeyms Speyder yana ovoz bergan Ultron yordam beradi.
Loyiha sakkiz qismdan iborat boʻlib, ularning barchasi Disney+ platformasida mavjud. Serial tanqidchilardan ijobiy baholar oldi, uning final qismida esa dekabrga rejalashtirilgan «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmi namoyishidan oldin Marvel kinematografik olamining keyingi rivojiga ishora bor.



