RUUZEN
Smartfonlar

Enough Phone — iPhone 13 mini oʻlchamidagi ixcham Android-smartfon 2027-yilda chiqadi

Kompaniya Enough Phone smartfonini 2027-yil may oyida chiqarishni rejalashtirmoqda. 5,3 dyuymli ekranga ega Android-smartfonning narxi 599 dollar boʻladi, dastlabki rezervatsiyalar esa 399 dollardan boshlanadi.

4-noyabr, 10:20По-русски

Qurilma 1520 × 720 piksel aniqlikdagi LCD-displey, MediaTek Dimensity 7500 protsessori, 8 GB tezkor va 128 GB ichki xotiraga ega boʻladi. Xaridorlarga standart Android 17 yoki minimalist interfeysga ega yengillashtirilgan qobiq — OdysseyOS taklif etiladi. Ishlab chiqaruvchi tizim yangilanishlarini 2032-yilgacha taqdim etishni vaʼda qilmoqda.

Smartfonning oʻlchamlari 132,8 × 63,8 × 12 mm boʻladi. Shuningdek, u sigʻimi 3500–4000 mA·soat boʻlgan, olinadigan konstruksiyadagi akkumulyator, 50 MP asosiy kamera va 32 MP old kameraga ega boʻladi. Barmoq izi skaneri quvvat tugmasiga oʻrnatiladi.

Hozirda loyiha Kickstarter platformasida mablagʻ toʻplamoqda. Ishtirokchilar uchun dastlabki takliflar 399 dollardan boshlanadi, yetkazib berishlar esa 2027-yil may oyida kutilmoqda.

Yana oʻqing