RUUZEN
Gadjetlar

Smartfon zaryadi nega keskin kamayadi va bu muammoni qanday hal qilish mumkin

Zaryadning toʻsatdan kamayishiga eskirgan batareya, qizib ketish, tizim yangilanishi yoki fonda ishlayotgan ilovalar sabab boʻlishi mumkin.

16-noyabr, 11:11По-русски

Read in English

Agar smartfon kam ishlatilganiga qaramay, zaryadining katta qismini kutilmaganda yoʻqotsa, muammo har doim ham batareyaning nosozligi bilan bogʻliq boʻlavermaydi. Bunga dasturiy xatolar ham, batareyaning jismoniy holati ham sabab boʻlishi mumkin.

Ekrandagi zaryad darajasi — tizim batareya kuchlanishi va boshqa koʻrsatkichlar asosida hisoblaydigan taxminiy baho. Vaqt oʻtishi bilan bunday oʻlchovlarning aniqligi pasayishi mumkin. Bu, ayniqsa, dastlabki energiya sigʻimini saqlab qola olmaydigan eskirgan batareyalarda koʻp uchraydi.

Smartfonning avtonom ishlashiga harorat va dasturiy taʼminot ham taʼsir qiladi. Qizib ketish energiya sarfini tezlashtiradi, iOS yoki Android yangilangandan keyin esa smartfon bir muddat fondagi jarayonlarni bajaradi va fayllarni optimallashtiradi. Bundan tashqari, ayrim ilovalar GPS hamda qurilmaning boshqa resurslaridan doimiy foydalanishi mumkin.

Zaryad sarfini kamaytirish uchun energiya sarfi statistikasini tekshirish, ilovalarning fondagi faolligini cheklash va joylashuv maʼlumotlaridan foydalanishga faqat ilovalar ishlatilayotgan vaqtda ruxsat berish tavsiya etiladi. Google Pixel 6 va undan yangi modellar egalari Battery Diagnostics vositasidan, Samsung Galaxy foydalanuvchilari batareya haqidagi batafsil statistikani koʻrish boʻlimidan, iPhone egalari esa sozlamalardagi «Batareya» menyusidan foydalanishi mumkin.

Agar iPhone batareyasining maksimal sigʻimi 80 foizdan pastga tushsa, uni almashtirish haqida oʻylash kerak. Apple kompaniyasi soʻnggi modellar batareyalari 1000 ta zaryadlash siklidan keyin dastlabki sigʻimining 80 foizigacha saqlab qolishga moʻljallanganini bildiradi.