Google Mac uchun Geminiʼga ilovalarni boshqarish va formalarni toʻldirishni oʻrgatdi
Mac uchun Gemini ilovasida koʻp bosqichli vazifalarni fon rejimida bajarish funksiyasi paydo boʻldi: yordamchi foydalanuvchi asosiy ekranda band boʻlganida ilovalarni ochadi, fayl va saytlar bilan ishlaydi.

Google Mac uchun Geminiʼga yordamchi alohida, izolyatsiya qilingan oynada tugmalarni bosishi, matn kiritishi, menyularni ochishi va formalarni toʻldirishi mumkin boʻlgan rejimni qoʻshdi. Jarayon chatda real vaqt rejimida koʻrsatiladi: foydalanuvchi amallarni kuzatishi, vaqtincha toʻxtatishi va muhim operatsiyalarni oldindan tasdiqlashi mumkin. Shuningdek, Gemini kirishi mumkin boʻlgan ilovalarni ham foydalanuvchining oʻzi tanlaydi.
Google bu funksiyadan fotosuratlarni paketli qayta ishlash, qayta sotish platformalari uchun eʼlonlar tayyorlash hamda maʼlumotlar va skrinshotlar asosida taqdimotlar yaratishda foydalanish mumkinligini aytadi. Yordamchi PDF fayllardan maʼlumotlarni ajratib olib, ularni veb-formalarga koʻchira oladi.
Funksiya AQShdagi Google AI Plus, Pro va Ultra obunachilari uchun ingliz tilida ishlaydi. Undan foydalanish uchun Apple Silicon asosidagi Mac kerak. Gemini ilovasini Google saytida yuklab olish mumkin.



