OpenAIʼdan pand yegan matematiklar oʻz AI modellarini noldan yaratmoqda
Kaltech professori Sergey Gukov va talabalari ochiq kodli matematik AI modellarini yaratmoqda; uning aytishicha, ayrim masalalarni OpenAIʼdan avvalroq yechgan.

Gukov laboratoriyasida modellar noldan yaratiladi va matematik masalalarga moslashtiriladi. Ularning aksariyati faqat bitta aniq masalani yecha oladi, universaliroq tizim esa hali ishlab chiqilmoqda.
Oktyabrda OpenAI mutaxassislar yillar davomida yecha olmagan yuzlab murakkab matematik masalalarni yechdi. Koʻplab matematiklar bunday javoblarni inson tomonidan bir hafta davomida tekshirish va talqin qilishsiz qoʻllash qiyin deb hisoblaydi. Gukovning fikricha, oʻz AI modellari tadqiqotchilarga yechimlarni hamda maʼlumotlardan foydalanishni nazorat qilishga yordam beradi.
Hamjamiyat ikkiga boʻlindi: ayrimlar AIʼsiz matematika bilan shugʻullanishni istaydi, boshqalari esa texnologiyani faol oʻzlashtirmoqda. Matematik Tasmin Chu matematiklar yaratgan tizimlarni ularga ishlab chiqarish vositalari ustidan nazoratni qaytarish usuli deb atadi.
Matematik Terens Tao Kaltechda oʻzi asos solgan notijorat tashkilotining platformasi — Open Math OSʼni namoyish etdi. Platforma ochiq kodli modellardan foydalanish, bulutli hisoblash va hamkorlik vositalariga kirish imkonini beradi, shuningdek maʼlumotlardan foydalanishni nazorat qilishga imkon yaratadi. Ikki matematik OpenAIʼni Navye–Stoks masalasini yechishda ularning yozishmalaridan foydalanganlikda ayblaganidan soʻng bu masala keskinlashdi.



