GTA 6’dagi pullik imtiyozlar oʻyinchilarni xavotirga solmoqda
GTA Plus GTA 6’ning yakka oʻyin kampaniyasiga eksklyuziv mashina, garaj, chegirmalar va bonuslar qoʻshdi. Oʻyinchilar ularga oyma-oy toʻlov evaziga kirishni tanqid qilmoqda.

AQShda obuna oyiga $7.99 turadi, imtiyozlar esa faqat faol aʼzolik davrida mavjud. Obuna bekor qilingach, oʻyinchilar eksklyuziv mashina, garaj va boshqa bonuslardan ayriladi.
GTA 6’da obunachilar noyob keng kuzovli ’90 Annis Venturas BLVD Elegy mashinasi hamda Crosstowndagi bir mashinaga moʻljallangan garajni olishlari mumkin. Garajda qurol shkafi va oʻgʻirlangan buyumlarni sotish funksiyasi bor; ikkala obyekt ham Chapter 3 bosqichiga yetilgach ochiladi.
Aʼzolar Scooter Bros va RydeMe xizmatlarida imtiyozlarga ega boʻladi. Skuter, velosiped va Seashark ijarasi, shuningdek, Leonida jamoat transportida yurish bepul. Ayrim qurol-yarogʻ va kiyim-kechak doʻkonlari, sartaroshxonalar, tatuirovka salonlari hamda avtomobil tuning ustaxonalarida 10 foiz chegirma amal qiladi. Mos keladigan shaxsiy mashinalarni sotishda oʻyinchilar 10 foizlik bonus oladi.
Bonuslarni pauza menyusidagi Account boʻlimi va GTA Plus Boosts bandi orqali oʻchirib qoʻyish mumkin. Bu qaror tanqidlarga sabab boʻldi: oʻyinchilar mashina va garaj asosiy oʻyinga kirishi kerak, deb hisoblaydi. Ayrimlar GTA 6’ning qimmatroq nashrlari egalari uchun ham obuna zarurligini taʼkidlab, kelajakdagi GTA Onlineʼga pullik kontent yanada koʻproq koʻchirilishidan xavotir bildirmoqda.



