Linux oʻrnatilgan noutbuk Windows 11 versiyasidan qariyb ikki baravar uzoq ishladi
Sinovda bir Dell XPS 13s noutbukining Fedora oʻrnatilgan versiyasi Windows 11 versiyasidan uzoqroq ishladi: Minecraftʼda 6 soat 31 daqiqaga qarshi 3 soat 41 daqiqa.

PhoneBuff kanali mualliflari Dell XPS 13s noutbukining Windows 11 va Fedora Linux oʻrnatilgan versiyalari batareya muddatini solishtirdi. Noutbuk energiya tejamkor Intel Core 5 320 protsessoriga ega.
Tekshiruv boshida ikki versiya natijalari bir-biriga yaqin boʻldi. Sezilarli farq yakuniy bosqichda, Minecraft ishga tushirilgach paydo boʻldi: bu oʻyin chipni avvalgi vazifalarga qaraganda kuchliroq yukladi. 45 daqiqada Windows 11 oʻrnatilgan noutbukning quvvati toʻliq tugadi, Linux versiyasida esa quvvat hali qolgan edi.
Shundan soʻng mualliflar faqat Minecraftʼda alohida taqqoslash oʻtkazdi. Windows 11 noutbukni 3 soat 41 daqiqa ishlatdi, Linux esa 6 soat 31 daqiqa ishladi. Demak, bu ssenariyda Linux tizimi deyarli ikki baravar uzoq ishlagan.
VS Codeʼdagi qoʻshimcha tekshiruv ham Linux foydasiga boʻldi, biroq farq kichikroq edi. Windows 11 oʻrnatilgan noutbuk 3 soat 44 daqiqa, Linux versiyasi esa 5 soat 50 daqiqa ishladi.



