Huawei barqaror HarmonyOS 7’ni olgan qurilmalar roʻyxatini kengaytirdi
Operatsion tizimning yangi versiyasi nova 12 va nova 13 smartfonlari, shuningdek, kompaniyaning boshqa qurilmalariga tarqatila boshlandi.

Huawei mos keladigan qurilmalarni HarmonyOS 7’ning barqaror versiyasiga oʻtkazishda davom etmoqda. Yangilangan roʻyxatga nova 12 va nova 13 seriyalarining smartfonlari, shuningdek, Enjoy 70X va Enjoy 70X Premium Edition modellari kiritildi. Avval bu modellar tizimning ommaviy beta-testida qatnashgan.
Mos qurilmalar roʻyxati Huawei mahsulotlarining bir nechta toifasini qamrab oladi. Smartfonlar orasida Mate 60, Mate 70, Mate 80, Mate X5, X6 va X7, shuningdek, Pura 70, Pura 80 va Pura 90 qatorlari uchun barqaror proshivka taqdim etildi. Yangilanish nova 14, nova 15 va nova 16, Enjoy 90 seriyalari hamda boshqa modellar uchun ham moʻljallangan.
HarmonyOS 7 MatePad planshetlari, MateBook noutbuklari, Watch GT va Watch Ultimate aqlli soatlari, shuningdek, FreeBuds va FreeClip quloqchinlariga ham tarqatilmoqda. Bundan tashqari, roʻyxatda marshrutizatorlar, aqlli eshik qulflari va uy multimedia qurilmalari ham bor.
Ayrim planshetlar, jumladan, 2023-yilda chiqarilgan 13,2 dyuymli MatePad Pro va 2024-yildagi 12 dyuymli MatePad Air hozircha ommaviy beta-test bosqichida qolmoqda. Huawei mos modellar toʻliq roʻyxatini rasmiy saytida eʼlon qildi.



