Grand Theft Auto 6 relizidan sanoqli soat oldin yangi skrinshotlar sizib chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Grand Theft Auto 6’ning oltita yangi skrinshoti paydo boʻldi. Insayder Tez2ga koʻra, ular matbuot va sharhlovchilar portali ichki tizimidan ommaga tarqalgan.

Skrinshotlarda Leonida shtati, yangi mashgʻulotlar va qurollar koʻrsatilgan. Ulardan biri GTA: San Andreasʼdagi gavdani toʻliq rivojlantirish tizimi qaytishiga ishora qilishi mumkin: zalda mashq qilish Jeyson va Lyusiyaning jismoniy qomatini oʻzgartirish imkonini beradi.
Yana bir skrinshot yarim vayron boʻlgan uydagi jinoiy toʻqnashuvni aks ettirgan. Bosh qahramonlar mahalliy toʻdadan boʻlgan garovdagilarni nishonda ushlab turibdi. Chop etilgan tasvirlarda pul bogʻlamlari solingan sumkalar va Lyusiya yuzidagi ter tomchilari ham koʻrinadi.
Bu sizib chiqishga birinchi boʻlib iGrandTheftAuto akkaunti eʼtibor qaratdi. Keyin foydalanuvchilar Tez2 soʻzlariga koʻra, sizib chiqish manbasi soha jurnalistlari va sharhlovchilar uchun moʻljallangan portalning ichki tizimi boʻlganini aniqlashtirdi.



