The Witcher 3 Remastered modlar kutubxonasi katta yangilanish oldi
26 noyabrda chiqarilgan 5.02 patchi Nintendo Switch 2, PlayStation 5, kompyuterlar va Xbox Series X uchun The Witcher 3 Remasteredʼga 40 dan ortiq kross-platformali mod qoʻshdi.

Yangilanish xatolarni, jumladan fotorejimdagi takroriy muammolarni ham tuzatadi. Avval konsol egalari kompyuter foydalanuvchilariga qaraganda ancha kam moddan foydalana olardi.
Yangiliklar orasida «Jodugarning yaltiraydigan koʻzlari» modi, Geralt uchun yangi soch turmagi va qayiq poygalari rejimi bor. Tales of the Witcher: Cintra modi 12 ta topshiriq qoʻshadi va hajmi boʻyicha toʻlaqonli qoʻshimcha bilan taqqoslash mumkin. Kutubxonani kelgusida ham kengaytirish rejalashtirilgan.
Keyingi yirik qoʻshimcha Songs of the Past boʻladi: uning chiqishi kelasi yil kutilmoqda. Koʻlami Blood and Wine bilan taqqoslanadigan bu qoʻshimcha Geralt sarguzashtlari tarixini yakunlaydi. Ciri ishtirokidagi yangi trilogiya 2028 yilda The Witcher 4 bilan boshlanadi.
Noyabrda Project Sirius jamoasiga Baldurʼs Gate 3’dagi Dark Urge syujet liniyasi ustida ishlagan ssenariynavis-mutaxassis Bodler Uelch qoʻshildi. The Witcher 1 remeyki ustidagi ishlar hozircha kechiktirilgan: jamoa The Witcher 4’dan vositalar va materiallarni kutmoqda.



