Instagram videolarni ruxsatsiz eʼlonlar va AI oʻzgartirishlaridan himoyalashni taqdim etdi
Instagram Content Protectionʼni taqdim etdi: vosita Reels nusxalari va muallif audiosidan foydalanilgan, tasviri oʻzgartirilgan AI videolarini ham izlaydi.

Xizmat Instagramʼda himoyalangan roliklarga mos nusxalar bor-yoʻqligini doimiy tekshiradi. Nusxa aniqlansa, muallifga xabar beriladi: u videoni Instagram va Facebookʼda yashirishi, unga manba videosiga havolali «original» belgisi qoʻyishi yoki kuzatish uchun ochiq qoldirishi mumkin. Daʼvoni qaytarib olish ham mumkin.
Yangi funksiya original rolikdagi audiodan foydalanib, tasviri oʻzgartirilgan boʻlsa ham, AI yordamida yaratilgan videolarni aniqlay boshlaydi. Kelgusi haftalarda u kichik guruh mualliflar ishtirokida sinovdan oʻtkaziladi. Keyin bu imkoniyatni Instagram va Facebookʼdagi Content Protection ishtirokchilariga kengaytirish rejalashtirilgan.
Mos keladigan mualliflar faoliyat lentasida xabarnoma koʻradi. Funksiya yoqilgach, barcha yangi original videolar avtomatik himoyalanadi, avval eʼlon qilingan roliklarni esa qoʻlda qoʻshish mumkin. Muallifning ikkinchi akkaunti yoki brend kabi ruxsat berilgan profillarni istisnolar roʻyxatiga kiritishga ruxsat beriladi. Instagram, shuningdek, boshqalarning ishlarini muntazam ravishda AI yordamida qayta eʼlon qiladigan akkauntlar qamrovini cheklash usullarini oʻrganmoqda.



