Suno yangi Visuals mahsuloti bilan AI yordamida kino ishlab chiqarishga oʻtmoqda
Suno musiqa, matn yoki rasmlar asosida tasvir va 15 soniyagacha video yaratuvchi Visuals vositasini ishga tushirdi.

Visuals musiqiy video, qoʻshiq matnli rolik, albom muqovasi va kliplar yaratadi. U videoni kompozitsiya tuzilishi, matni va vokaliga moslaydi. Tayyor materialni davom ettirish, tahrirlash yoki yangi matnli soʻrov bilan oʻzgartirish mumkin.
Vosita Suno veb-versiyasi, iOS va Androidʼda mavjud. Kompaniya vakillariga koʻra, u MiniMaxʼning H3 modelidan hosil qilingan H3 Move modelida ishlaydi. Vizual kreditlar qoʻshiq kreditlaridan alohida sotiladi. Bepul tarifda faqat bitta besh soniyalik rolik yaratish mumkin, keyin hisobni toʻldirish kerak.
Suno muayyan sanʼatkorlar, jamoat arboblari, mualliflik huquqi himoyalangan asarlar va intellektual mulk obyektlari tasvirlari tushirilgan soʻrovlarni bloklaydigan filtrlar qoʻshdi. Materiallar foydalanuvchiga koʻrsatilishidan oldin tekshiriladi, platformadan tashqarida eʼlon qilishdan avval esa suv belgisi qoʻyiladi. Fayl yuklanganda undan foydalanish huquqini tasdiqlash soʻraladi.
Qoidabuzarlik uchun kompaniya materialni oʻchirishi, akkauntni cheklashi yoki yopishi mumkin. Ishga tushirish Sunoʻga mualliflik huquqi, ism, tasvir va ovoz huquqlari buzilgani haqidagi taxminlar sabab berilgan daʼvolar fonida oʻtdi. Kompaniya bunga qarshi chiqmoqda.



