RUUZEN
Oʻyinlar

GTA 6 xaritasini oʻyin boshidayoq erkin tadqiq qilish mumkin boʻladi

Leonidani kezish uchun syujet boʻyicha uzoqqa borish shart emas

29-oktabr, 15:55По-русски
rockstargames.com — Леонида-Кис в GTA VI. Скриншот: Rockstar Games

GTA 6 olami nisbatan erta bosqichdayoq erkin tadqiq qilish uchun ochiladi. IGN nashrining Edge jurnali prevyusiga tayanib xabar berishicha, oʻyinchilar asosiy topshiriqlarni doimiy ravishda bajarib borish bilan cheklanmasdan, Leonidani oʻrganishga yoʻl olishlari mumkin.

Jumladan, istaganlar xaritaning shimoliga borishlari mumkin boʻladi — maʼlum bir syujet bosqichigacha Vays-Sitida qolishlariga toʻgʻri kelmaydi. Biroq bu oʻyin chiqqan zahoti barcha imkoniyatlar ochilishini anglatmaydi: gap faqat olamni erta bosqichda tadqiq qilish mumkinligi haqida ketmoqda.

Bunday yondashuv GTA 4 dagisidan farq qiladi: unda Liberti-Sitining ayrim qismlari oʻyin jarayoni davom etgani sari ochilardi. GTA 5 da esa kirish epizodlaridan soʻng oʻyinchilarga ancha erkin harakatlanish imkoniyati berilgan.

Rockstar muhitning mazmunan boy boʻlishiga ham urgʻu bermoqda. Rockstar North hamrahbari Aaron Garbutning aytishicha, GTA 6 da tashrif buyurish mumkin boʻlgan ichki makonlar studiyaning avvalgi loyihalaridagiga qaraganda ancha koʻp. Ular tafsilotlar va jihozlanishga alohida eʼtibor qaratilgan holda qoʻlda yaratilgan.

Garbutning soʻzlariga koʻra, oʻyin ustida bir necha yil ishlaganidan keyin ham u ilgari boʻlmagan joylarni topishda davom etmoqda. Leonidani tadqiq qilish yangi lokatsiyalarni kashf etishni bir topshiriqdan boshqasiga darhol oʻtishdan afzal koʻradiganlar uchun oʻyin jarayonining mustaqil qismiga aylanishi kerak.

Yana oʻqing