RUUZEN
Avto

Dacia Dusterʼni muddatidan oldin yangilashga tayyorlanmoqda: krossoverning patent tasvirlari paydo boʻldi

Yangilangan model 2027 yilda taqdim etilishi kutilmoqda. U oʻzgartirilgan yoritish texnikasi, kuzovning yangi elementlari va old qismning yangilangan dizayniga ega boʻladi.

19-noyabr, 13:00По-русски

Read in English

5koleso.ru

Dacia kompaniyasi Dacia Duster krossoverini navbatdan tashqari yangilashga tayyorlanmoqda. Uning uchinchi avlodi 2024 yilda debyut qilgan. Modernizatsiya ishlarining tezlashtirilishiga, jumladan, Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan kuchayib borayotgan raqobat sabab boʻlgan. Boʻlajak modelning patent tasvirlari allaqachon internetda paydo boʻldi.

Eʼlon qilingan materiallarga qaraganda, avtomobil teskari vergul shaklidagi yangi LED kunduzgi chiroqlar, qayta ishlangan radiator panjarasi va yangilangan emblemasiga ega boʻladi. Oʻzgarishlar yon himoya qoplamalariga, shuningdek, kuzovning orqa qismiga ham taalluqli boʻladi: orqa chiroqlarda E harfi koʻrinishidagi LED naqsh paydo boʻladi. Bundan tashqari, yangi gʻildirak disklari va kuzovni ikki rangda boʻyash variantlari ham taklif etiladi.

Texnik qismda jiddiy oʻzgarishlar kutilmayapti. Model qatorida benzinda va suyultirilgan neft gazida ishlaydigan, quvvati 120 ot kuchiga teng 1,2 litrli turbo dvigatel saqlanib qoladi. U olti pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi, eʼlon qilingan yurish zaxirasi esa 1380 km gacha yetadi.

Shuningdek, xaridorlarga quvvati 140 ot kuchiga teng 1,2 litrli dvigatelli yumshoq gibrid hamda hajmi 1,8 litr va quvvati 155 ot kuchiga teng dvigatel negizidagi toʻlaqonli gibrid qurilma taklif etiladi. Toʻliq uzatmali versiya uchun quvvati 154 ot kuchiga teng alohida gibrid tizim koʻzda tutilgan.

Yangilangan Dacia Duster 2027 yilda chiqarilishi kutilmoqda.