RUUZEN
IT

Aktyor Richard Summers-Calvert Biddi Blas qiyofasida mukofot topshirdi

Star Wars: Galactic Racerʼda Biddi Blasni ijro etgan Richard Summers-Calvert Londondagi Golden Joysticks marosimida qahramon tilida mukofot topshirdi.

13-noyabr, 15:27По-русски

Read in English

Golden Joysticks 2026 marosimi chorshanba, 11-noyabr kuni Londondagi Troxyʼda boʻlib oʻtdi. 44-marosimda sahnaga chiqqan Summers-Calvert «Bosh roldagi eng yaxshi ijro» nominatsiyasi gʻolibini eʼlon qildi.

Aktyor avval oʻzini tanishtirib, professional kurashchi ekanini aytdi, soʻng Biddi Blasni virusli qahramonga aylantirgan oʻsha begona tilida gapira boshladi. Summers-Calvert shu yil boshida qahramonga tomoshabinlar bildirgan munosabatdan hayratda qolganini aytgandi: oʻyin chiqqan kuni u Biddi Blas haqidagi memlar orasida uygʻongan.

«Bosh roldagi eng yaxshi ijro» mukofotini Resident Evil: Requiemʼdagi Greys Eshkroft roli uchun Angela SantʼAlbano oldi. Bu oʻyin «Yilning konsol oʻyini» va «Yilning asosiy oʻyini» nominatsiyalarida ham gʻolib boʻldi.

Boshqa nominatsiyalarda eng yaxshi syujet va saundtrek uchun Dispatch, eng yaxshi ovoz dizayni uchun Onimusha: Way of the Sword, yil studiyasi sifatida Capcom, mobil toifadagi Still Playing Awardʼda Balatro, kompyuter va konsol oʻyinlari orasida esa Minecraft gʻolib boʻldi. Eng kutilayotgan oʻyin deb The Witcher 4 topildi, Critics’ Choice Award esa Big Walkʼka berildi.