HBO Max va Paramount+ 2027-yil boshida qoʻshma obunani ishga tushiradi
Skydance rahbari Devid Ellison ikki striming platformasining umumiy obuna paketi qachon ishga tushirilishini tasdiqladi.

HBO Max va Paramount+ning qoʻshma obunasi 2027-yil boshida paydo boʻladi. Bu haqda Skydance bosh direktori Devid Ellison kompaniyaning uchinchi chorakdagi moliyaviy natijalariga bagʻishlangan aksiyadorlarga maktubida maʼlum qildi.
Qiymati 110 milliard dollar boʻlgan Paramount va Warner Bros. Discovery kompaniyalarining birlashuvi 2026-yil oktabr oyi boshida yakunlandi. Skydance maʼlumotlariga koʻra, birlashgan kompaniyaning uchinchi chorakdagi jami tushumi yillik hisobda 15 foizga oshdi. Hisob-kitobda bitim 2025-yil 1-yanvarda tuzilgan deb qaralib, har ikki kompaniyaning natijalari hisobga olingan.
Uzoq muddatli istiqbolda kompaniya rahbariyati HBO Max va Paramount+ni yagona striming platformasiga birlashtirishni rejalashtirmoqda. Biroq dastlabki bosqichda servislar alohida ishlashda davom etadi, qoʻshma obuna esa integratsiya usullaridan biriga aylanadi.
Ellison, shuningdek, kompaniya 2030-yilga borib tushumi va foydasining salmoqli qismini striming biznesi hamda kinostudiyalardan olishni koʻzlayotganini aytdi. Shu bilan birga, anʼanaviy televideniye va televizion reklamaga qaramlik bosqichma-bosqich qisqartiriladi.



