RUUZEN
Avto

Toyota bZ4X Yaponiyada va Britaniyada Waymo robotaksisiga aylanadi

Dastlabki avtomobillar Yaponiyada sinovdan oʻtkaziladi, keyin ularni oʻng rulda harakatlanadigan mamlakatlar, jumladan Buyuk Britaniya bozorlariga chiqarish rejalashtirilmoqda.

30-oktabr, 15:50По-русски
commons.wikimedia.org — Alexander Migl

Toyota 2027 model yilidagi bZ4X krossoverlarini ishlab chiqaradi va Waymoʻning avtonom boshqaruv tizimini Yaponiyaning Takaoka shahridagi zavodda oʻrnatadi. Mamlakatda haydovchisiz avtomobillar sinovi 2027 yilda boshlanadi.

Waymo bir necha oydan beri Londonda avtonom Jaguar I-Pace avtomobillarini sinovdan oʻtkazmoqda va zarur ruxsatlarni olganidan soʻng u yerda robotaksi xizmatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Hamkorlar Waymo texnologiyasidan Toyotaʼning shaxsiy avtomobillarida foydalanish imkoniyatini ham oʻrganishda davom etadi. Haydovchisiz avtomobillarni real sharoitda ishlatish tajribasidan yoʻl harakati xavfsizligini oshirish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. Toyota ijrochi vitse-prezidenti Hiroki Nakajimaning soʻzlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqaruvchisi avtomobillarning yoʻl infratuzilmasi bilan oʻzaro aloqasi imkoniyatlarini ham koʻrib chiqadi.

Yana oʻqing