Kamila Morrone ishtirokidagi «Begʻuborlik davri» serialining ilk kadrlari eʼlon qilindi
Edit Uorton romanining yangi ekranlashtirilishi ijodkorlari olti qismli loyihaning ilk kadrlarini taqdim etdi. Premyera 2026 yil oxiri yoki 2027 yil boshida kutilmoqda.

Serial 1920 yilda nashr etilgan shu nomli kitob asosida suratga olingan. Ssenariy muallifi va shouranner — «Oq malika», «Ispan malikasi» hamda «Baland qalʼadagi odam» loyihalari bilan tanilgan Emma Frost. Ayrim qismlarni Lisa Brühlmann, Natalia Leite va Shannon Murphy rejissyorlik qilgan.
Voqealar markazida XIX asr oxiridagi Nyu-York yuqori jamiyatidagi sevgi uchburchagi turadi. Advokat Nyulend Archer (Ben Radcliffe) May Uellandga (Kristine Froseth) uylanishga tayyorgarlik koʻrmoqda, biroq uning eʼtiborini Mayning amakivachchasi Ellen Olenska (Kamila Morrone) tortadi. Ayol polshalik zodagon bilan muvaffaqiyatsiz nikohdan soʻng Nyu-Yorkka qaytadi va dunyoviy mojaro markazida qoladi. Archer odatiy hayoti bilan erkinliksevar Ellenga boʻlgan hislari oʻrtasida tanlov qilishi kerak boʻladi.
Avvalroq romanni Martin Scorsese ham ekranlashtirgan. 1993 yilgi filmda Daniel Day-Lewis, Michelle Pfeiffer va Winona Ryder rol ijro etgan.



