RUUZEN
Oʻyinlar

Microsoft Xbox Cloud Gaming uchun soatbay toʻlovni sinovdan oʻtkazmoqda

Yangi tizimni toʻliq ishga tushirish 2026-yil noyabriga rejalashtirilgan

22-oktabr, 14:46По-русски
Unsplash — Anthony

Sinov versiyasida mos ravishda 3,99, 7,99 va 11,99 dollar turadigan 10, 25 va 50 soatlik paketlar mavjud. Toʻlov sotib olingan va shartli ravishda bepul (free-to-play) oʻyinlarga ham tatbiq etiladi.

Xbox Insider dasturi ishtirokchilari bulutdagi oʻyinlarni reklama koʻrsatilgan holda bepul ishga tushirishlari ham mumkin. Game Pass obunachilari uchun noyabr oyida tarif darajalariga qarab bulut orqali strimingning alohida limitlari kuchga kirishi kerak. Limit tugagach, keyingi hisob-kitob davrigacha kirish bloklanadi.

Yana oʻqing