RUUZEN
IT

GTA 6 PlayStation tarixidagi eng yirik reliz boʻldi

PS5’da Grand Theft Auto VIʼni 39 mln dan ortiq noyob foydalanuvchi oʻynadi. Reliz platformadagi barcha oʻyinlar orasida bir vaqtda oʻynaganlar soni boʻyicha rekord oʻrnatdi.

24-noyabr, 11:58По-русски

Read in English

ign.com

PlayStation Grand Theft Auto VI relizi statistikasini eʼlon qildi. Hisob-kitobda SIEning 2026-yil 19–22-noyabr kunlari yigʻilgan ichki maʼlumotlaridan foydalanildi. Kompaniya relizni platforma tarixidagi eng yirik oʻyin ishga tushirilishi deb atadi. Oʻyin PlayStationʼda bir vaqtda oʻynaganlar soni boʻyicha rekord oʻrnatib, avvalgi koʻp oʻyinchili, yakka oʻyinchili va shartli bepul (free-to-play) loyihalar koʻrsatkichlaridan oshdi.

PS5 foydalanuvchilari Grand Theft Auto VIʼda jami 683 mln soat oʻtkazdi. Relizning dastlabki kunlarida har bir oʻyinchiga oʻrtacha 17,4 soat toʻgʻri keldi — bu vaqt davomida ular xayoliy Leonida shtatini tadqiq qilib, Jeyson va Lyusiya hikoyasini oʻynadi.

PlayStation yangi yil bayramlari davrini hisobga olmaganda, PS5 chiqqanidan beri bir kun ichida tarmoqqa ulangan yangi konsollar soni boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichni ham qayd etdi. Bu qurilmalarning 70 foizida Grand Theft Auto VI ilk ishga tushirilgan oʻyin boʻldi. Kompaniya Rockstar Gamesʼga minnatdorlik bildirdi va PlayStation 2’dagi Grand Theft Auto IIIʼdan boshlangan hamkorlikni qayd etdi.