RUUZEN
Gadjetlar

Samsung va Warby Parker Geminiʼli aqlli koʻzoynaklar uchun oldindan buyurtmalarni eʼlon qiladi

Android XR tizimida ishlaydigan Samsung aqlli koʻzoynaklariga oldindan buyurtmalar 12-noyabrda ochiladi, dastlabki yetkazib berishlar esa dekabr oʻrtalarida boshlanadi.

7-noyabr, 16:35По-русски

Muddatlarni Warby Parker kompaniyasining hammuassisi va hamraisi Deyv Gilboa maʼlum qildi. Kompaniya ayrim ramkalarni yaratishda ishtirok etgan va oldindan buyurtmalar boshlanishi bilan bir vaqtda Intelligent Eyewear kolleksiyasini toʻliq taqdim etadi.

Koʻzoynaklarni xarid qilishdan oldin AQShdagi Warby Parker doʻkonlarida sinab koʻrish mumkin boʻladi. Namoyishlar kelasi haftadan 65 ta savdo nuqtasida boshlanadi, yana bir haftadan keyin esa tarmoqning 360 dan ortiq barcha doʻkonlarida mavjud boʻladi. Namoyishga yozilish imkoniyati kompaniya saytida allaqachon ochilgan.

Koʻzoynaklar Geminiʼli Android XR tizimida ishlaydi. Qurilmaning apparat qismini Samsung ishlab chiqqan: u Snapdragon AR1 Gen 1 chipi, kamera, mikrofonlar va dinamiklar bilan jihozlangan. Koʻzoynaklarda displey yoʻq. Ularni ovoz orqali yoki gardishning yon qismlaridagi teginishga sezgir zonalar yordamida boshqarish mumkin.

Yana oʻqing