Motorola keng formatli Razr Flex chiqish yilini tasodifan oshkor qildi
Motorola tasodifan qoʻllab-quvvatlash sahifasini joylashtirib, keng formatli bukiladigan Razr Flex smartfoni 2027-yilda chiqarilishini tasdiqladi.

Motorolaʼning qoʻllab-quvvatlash sahifasida qurilma Razr Flex nomi bilan koʻrsatilgan. Unda smartfon 2027-yilgi modellar qatoriga kirishi ham aytilgan. Aniq chiqish sanasi hozircha maʼlum emas, shuning uchun bu savdolar boshlanishi emas, balki chiqarilish yilining tasdiqlanganini anglatadi.
Razr Flexʼning rasmiy taqdimoti hali boʻlib oʻtmagan. Avvalroq Motorola yangi Apple mahsuloti taqdimoti vaqtida qurilmani siluet koʻrinishida namoyish etgan. Ilk sizdirilgan maʼlumotlarda keng formatli bukiladigan smartfon 2026-yilda taqdim etilishi mumkinligi aytilgan edi, biroq qoʻllab-quvvatlash sahifasida joylashtirilgan maʼlumot keyinroq muddatni koʻrsatmoqda.
Motorolaʼning dastlabki rejalariga koʻra, Razr Flex ixcham korpus va uch oʻlchamli ishlov berilgan shishaga ega boʻladi. Kompaniya, shuningdek, bukilishi sezilmaydigan displey oʻrnatmoqchi boʻlgan, biroq bu xususiyatlar hozircha yakuniy sifatida tasdiqlanmagan. Taxminlarga koʻra, orqa panelda ikkita kamera boʻladi.
Tashqi ekran diagonali 4,97 dyuym boʻlishi mumkin — bu dastlabki materialda tilga olingan boshqa keng formatli bukiladigan smartfonlarnikidan kichikroq. Razr Flexʼning narxi, savdolar boshlanadigan sana va boshqa xususiyatlari hozircha nomaʼlum.



