RUUZEN
IT

Tekkenning sobiq rahbari Microsoft vakili ishtirokida Xbox Series Sʼni tanqid qildi

Katsuxiro Haradaning fikricha, kuchsizroq konsolning chiqarilishi oʻyin ishlab chiquvchilarining ishini murakkablashtirdi.

13-noyabr, 17:22По-русски

Read in English

Ishlab chiquvchilar uchrashuvida Katsuxiro Harada Xbox Series S umuman chiqarilmagani maʼqul edi, deb taʼkidladi. U bu fikrini Microsoft vakili ishtirokida, turli platformalar uchun oʻyin yaratishning oʻziga xos jihatlarini muhokama qilayotganda bildirdi.

Haradaning soʻzlariga koʻra, konsolning asosiy muammosi — Series X bilan taqqoslaganda xotiraning yetishmasligi va unumdorlikning sezilarli darajada pastligidir. Shunga qaramay, ishlab chiquvchilar ikkala tizimni ham qoʻllab-quvvatlashiga toʻgʻri keladi, chunki ayrim bozorlarda, jumladan AQShda, Series S auditoriyasi hatto kattaroq.

Cyberpunk 2077 oʻyin rejissyori Pavel Sasko kuchsizroq uskunaga moslashtirish boshqa platformalardagi oʻyinlar unumdorligini yaxshilashga yordam berishini taʼkidladi. Shuningdek, u Series Sʼning hamyonbop narxi auditoriyani kengaytirishga xizmat qilishini eslatdi.

Harada kinoya bilan Microsoft Xboxʼning keyingi avlodida ham shunga oʻxshash modelni chiqarishi mumkinligini taxmin qildi.