RUUZEN
Internet

OpenAI rahbari foydalanuvchilar operativ xotirani oʻzlarida saqlab, maʼlumotlar markazlariga bermayotganidan norozi

Sem Altman xotira chiplari taʼminoti cheklangan sharoitda sunʼiy intellekt modellarini shaxsiy kompyuterlarda ishga tushirishning maʼnosi yoʻqligini aytdi.

31-oktabr, 17:35По-русски
commons.wikimedia.org — Alexlcory

Uning fikricha, mavjud uskunalardan yirik provayderlarning bulutli xizmatlari orqali foydalanish samaraliroq.

Ishqibozlar bulutli xizmatlarga kamroq qaram boʻlish uchun ochiq kodli modellarni oʻz qurilmalarida ishga tushirmoqda. Altman bunday yondashuvni samarasiz deb hisoblaydi: resursning oʻzi ham kam, undan esa kamdan-kam foydalaniladi.

«Resurslarni global taqsimlash nuqtayi nazaridan, har bir kishining kompyuterida jahonning cheklangan DRAM zaxirasining bir qismi boʻlib, u bor-yoʻgʻi 5 foiz vaqt ishlayotgani juda yomon», — dedi Altman.

Uning fikricha, xotirani bulutli maʼlumotlar markazlarida ishlatish maʼqulroq: u yerda bir xil quvvatlar koʻplab mijozlarga xizmat koʻrsatadi.

Bu bayonot xotira taqchilligi fonida yangradi. Sunʼiy intellekt bumining taʼsirida ishlab chiqaruvchilar server chiplari ishlab chiqarishga oʻtmoqda, natijada oddiy xaridorlar uchun DRAM qimmatlashmoqda. Shu bois koʻpchilik Altman soʻzlarini taqchil uskunalarni yirik kompaniyalarga berishga chaqiriq sifatida qabul qildi.

Yana oʻqing