Bentleyʼning ilk elektromobili 2027 yil oxirigacha sotilib boʻldi
Yangi Torcal elektr krossoveri xaridorlarda katta qiziqish uygʻotdi: kompaniya 2028 yilda yetkazib beriladigan avtomobillar uchun buyurtmalarni allaqachon qabul qilmoqda.

Bentleyʼning ilk toʻliq elektr avtomobili 2027 yilning oxirigacha boʻlgan davr uchun sotilib boʻldi. Torcal modeli sentyabr oyida taqdim etilgan va kompaniya rahbari Frank-Shteffen Vallizerning soʻzlariga koʻra, eng talabgir versiya S sport modifikatsiyasi boʻlgan. Yangi model avval Britaniya markasi avtomobillarini koʻrib chiqmagan yoshroq xaridorlarni ham jalb qilmoqda. Shu bilan birga, Bentley 2027 yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan avtomobillar sonini oshkor qilmayapti.
Krossover Volkswagen Group konsernining Premium Platform Electric platformasi asosida qurilgan. Bazaviy versiya 810 ot kuchiga ega, Torcal S esa 876 ot kuchini rivojlantiradi — bu uni markaning eng qudratli avtomobiliga aylantiradi. Yurish zaxirasi 375 milga (qariyb 603 km) yetadi, sigʻimi 113 kVt·soat boʻlgan akkumulyator esa 400 kVtgacha quvvatda zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi. AQShda model narxi $222 495 dan, S versiyasi $262 695 dan, First Edition esa $300 995 dan boshlanadi.



