RUUZEN
Gadjetlar

Fujifilmʼning Instax Mini Evo 2 kamerasi sensorli ekran va video yozish funksiyasiga ega boʻldi

Kamera smartfondagi suratlar uchun printer vazifasini ham bajaradi va ilova orqali masofadan suratga olishni qoʻllab-quvvatlaydi.

28-oktabr, 17:42По-русски
platform.theverge.com — FUJIFILM Corporation

Qurilma diagonali 4,5 dyuym boʻlgan sensorli LCD-displey bilan jihozlandi. U butun orqa panelni egallaydi. Sensor oʻlchami 1/2,77 dyuymgacha kattalashtirildi, bunda ikkita jismoniy disk va chop etish richagi saqlab qolindi.

Kamera, jumladan, deklan­sh tugmasi bosilgan paytni ham qamrab olgan holda, besh soniyagacha video yozadi, biroq ovozni saqlamaydi. Videolarni faqat microSD kartaga yozish mumkin. Shuningdek, kadr chegarasidan tashqaridagi hududni koʻrishga yordam beradigan Expanded View rejimi ham mavjud.

Disklar yoki ekran orqali obyektivning oʻnta effekti va plyonkaning oʻnta effekti, shuningdek, ekspozitsiya, oq balans va chaqnagich sozlamalaridan foydalanish mumkin. Instax Mini Evo 2 narxi 290 dollar boʻladi va noyabr oxirida sotuvga chiqadi; faqat qora rangdagi varianti mavjud.

Yana oʻqing