Nvidia RTX Spark yangi chipidagi noutbuklar testlari eʼlon qilindi
Natijalar vazifalarga qarab keskin farq qiladi

RTX Spark grafik chipi protsessor va grafik yadrolari soni bilan farqlanadigan ikki xil modifikatsiyada taqdim etiladi. Shu bilan birga, ularda xotira oʻtkazuvchanligi bir xil, ixtisoslashgan laboratoriyalar esa testlarni bir-biriga taqqoslab boʻlmaydigan noutbuk konfiguratsiyalarida oʻtkazgan.
Qwen 3.8 27B modeli bilan ishlashga oid vazifalarda yangi chip M5 Maxʼdan sezilarli ustun keldi, Ryzen AI Halo chipseti esa ikki baravardan koʻproq ortda qoldi. Yuklama turiga qarab, sunʼiy intellekt benchmarklaridagi koʻrsatkichlar RTX 5060 va RTX 4070 mobil videokartalari bilan bir darajada boʻldi.
Oʻyinlardagi unumdorlikka kelsak, Arm arxitekturasi hozircha barcha oʻyinlarni nativ tarzda ishga tushirish imkonini bermaydi. RTX Sparkʼning yakuniy natijalari oʻyinga qarab oʻzgaradi: chip Radeon 8060S yoki 8065S tezlatkichlariga ega Ryzen AI Maxʼdan biroz ortda qolishi ham, ulardan ustun kelishi ham mumkin. Oʻrtacha hisobda integratsiyalangan video yadrosi noutbuklar uchun moʻljallangan RTX 4060 darajasida, biroq oʻyin oʻynash bunday qurilmalardan foydalanishning asosiy ssenariysi sifatida koʻrilmaydi.


