Xiaomi Redmi K100 haqidagi maʼlumotlarni oshkor qildi
Redmi K100 27-oktabr kuni taqdim etiladi; smartfon akkumulyatori 100 Vt quvvatli tezkor quvvatlash bilan taʼminlanadi

Kompaniya akkumulyator sovuqda ham barqaror ishlashini saqlab qolishini maʼlum qildi. Uning tarkibida 28 foiz kremniy-uglerodli material bor, ishlab chiqaruvchi esa bu akkumulyatorni Jinshajiang oilasidagi eng quvvatlisi deb hisoblaydi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Redmi K100’ning bazaviy versiyasi Snapdragon 8 Ultra va alohida D2 grafik chipiga ega boʻladi. Shuningdek, smartfonga yangilanish chastotasi yuqori, yorqinligi oshirilgan displey hamda Xiaomi Green Mountain 4.0 koʻzni himoya qilish texnologiyasi nisbat berilmoqda.
Qurilmaning ehtimoliy xususiyatlari qatoridan Bose stereo karnaylari, kattaroq vibratsiya motori va flyuorestsent-yashil dizayn varianti ham oʻrin olgan. U Xiaomi HyperOS 4 operatsion tizimida ishlaydigan boʻladi.

