FromSoftware ikki haftalik uzilishdan soʻng Dark Souls 2 va Dark Souls 3 oʻyinlaridagi koʻp oʻyinchili rejimni tikladi
Har ikki rolli oʻyinda tarmoq orqali bosqinlar, xabarlar va boshqa onlayn funksiyalardan yana foydalanish mumkin.

FromSoftware xavfsizlikdagi aniqlangan zaifliklar sabab 30-oktabrda oʻchirib qoʻyilgan Dark Souls 2 va Dark Souls 3 oʻyinlarining tarmoq funksiyalarini tikladi. Studiya muammoni hal qilish uchun ikki haftadan sal kamroq vaqt sarfladi.
Ishlab chiquvchilar tekshiruv yakunlangani va nosozliklar bartaraf etilganini maʼlum qildi. Endi oʻyinchilar har ikki oʻyinning onlayn imkoniyatlaridan, jumladan bosqinlar hamda boshqa foydalanuvchilar qoldirgan xabarlardan yana foydalanishlari mumkin.
Shu bilan birga, FromSoftware aniqlangan zaifliklar tafsilotlarini oshkor qilmadi va oʻyinchilar uchun aynan qanday tahdidlar yuzaga kelishi mumkinligini aniqlashtirmadi.
Studiya yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr soʻradi hamda hamjamiyatga sabr-toqati va tushunishi uchun minnatdorlik bildirdi.



