RUUZEN
Oʻyinlar

Cyberpunk yaratuvchisi Cyberpunk 2077 sikvelida Nayt-Siti qaytishini tasdiqladi

Mayk Pondsmith Nayt-Siti Cyberpunk 2077 oʻyinining davomi boʻlgan yangi qismda paydo boʻlishini tasdiqladi. Ushbu oʻyin yana bir yirik lokatsiyaga ham ega boʻlishi mumkin.

11-noyabr, 23:18По-русски

Read in English

Cyberpunk olami yaratuvchisi Mayk Pondsmith kod nomi Project Orion boʻlgan Cyberpunk 2077 davomi tarkibida Nayt-Siti ham boʻlishini tasdiqladi. U bu haqda CD Projekt RED ishlab chiquvchilari ishtirokidagi Cyberpunk RED stol oʻyini translyatsiyasi vaqtida gapirdi. Tanish shaharning qaytishi haqidagi savolga franshiza muallifi: «Nayt-Siti hamon oʻsha yerda», deb javob berdi.

Shu bilan birga, hamjamiyatda paydo boʻlgan taxminlarga koʻra, yangi oʻyin voqealari birdaniga ikki yirik shaharda kechishi mumkin. Nayt-Sitidan tashqari, ishlab chiquvchilar yana bir lokatsiyani — «Pleks»ni ham tayyorlayotgani taxmin qilinmoqda. U Boston va Nyu-Yorkdan Baltimor hamda Vashingtongacha boʻlgan hududlarni birlashtiruvchi, Yangi Qoʻshma Shtatlarning sharqidagi ulkan megapolis sifatida tasvirlanadi.

Avvalroq sikvel voqealari kechishi mumkin boʻlgan joylar qatorida yarim vayron boʻlgan Chikago ham tilga olingan. Biroq ikkinchi lokatsiya haqidagi maʼlumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Cyberpunk 2 oʻyinini CD Projekt REDʼning Boston boʻlinmasi ishlab chiqarmoqda. Hozir loyiha ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, shu sababli oʻyin chiqishiga qadar, ehtimol, yana bir necha yil oʻtadi.