Sem Altman Jensen Huangning NVIDIA kompaniyasiga ehtimoliy qaytishi haqida fikr bildirdi
OpenAI rahbari NVIDIA asoschisini oʻz kumiri deb atadi, biroq uning lavozimiga qayta tiklanishini qoʻllab-quvvatlamadi.

Sem Altman Jensen Huangning NVIDIA bosh direktori lavozimiga qaytish istiqboliga bir toʻxtamga kelib baho berishdan bosh tortdi. Bu haqda OpenAI rahbari Semaforʼs Silicon Valley & The World tadbirida maʼlum qildi.
Altman bu savolga javob berish uchun yetarli maʼlumotga ega emasligini tan oldi. Shu bilan birga, u Huangni oʻz qahramonlaridan biri deb atadi va uning sunʼiy intellektni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasini taʼkidladi. OpenAI rahbari unga hamdardlik bildirib, bu vaziyatni 2023-yilda kompaniyadan ishdan boʻshatilishi bilan taqqosladi — oʻshanda u koʻp oʻtmay lavozimiga qaytgan edi.
Altmanning fikricha, Huangning ishtirokisiz sunʼiy intellekt sohasidagi bugungi inqilobni tasavvur qilish qiyin. Biroq u asoschining ketishi sohaga jiddiy zarar yetkazishiga ishonmaydi: sunʼiy intellekt texnologiyalariga talab va kompaniyalar daromadi tez surʼatlarda oʻsishda davom etmoqda.
Huang oʻtgan hafta NVIDIA rahbari lavozimini bir nechta romantik munosabatlar, jumladan kompaniya xodimalari bilan aloqalari haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin tark etdi. Ilon Mask, NVIDIAʼning bir qator xodimlari va AQSh prezidenti Donald Tramp allaqachon uning qaytishini qoʻllab-quvvatlab chiqishdi.



