Ishlab chiquvchi xatolar va fayllarni GitHubʼga yuborish uchun Mansiper.AutoIssue kutubxonasini chiqardi
.NET uchun yangi kutubxona GitHub Issuesʼni avtomatik yaratish va fayl biriktirmalarini bevosita repozitoriylarga yuklash imkonini beradi.

Ishlab chiquvchi GitHub bilan fikr-mulohaza tizimini integratsiya qilish uchun moʻljallangan .NET kutubxonasi — Mansiper.AutoIssueʼni taqdim etdi. U xatolar haqidagi xabarlar va foydalanuvchi murojaatlarini tanlangan repozitoriyning Issues boʻlimiga bevosita yuborish imkonini beradi.
Yechimning oʻziga xos jihati — fayllarni ikkinchi repozitoriyga yuklash imkoniyati. Bunga sabab GitHub APIʼsi Issuesʼga bevosita biriktirma qoʻshishni qoʻllab-quvvatlamasligidir. Kutubxona fayllarni saqlash uchun repozitoriylar, kod branchlari va kataloglarni mustaqil tanlash imkonini beradi.
Foydalanish uchun GitHub tokenini yaratish, paketni NuGet orqali oʻrnatish, appsettings.json faylidagi parametrlarni sozlash va kutubxonani ilovaning DI tizimida roʻyxatdan oʻtkazish kerak. Ishlab chiquvchi mavjud metodlar namoyish etilgan misolni ham tayyorlagan.
Loyiha kodi GitHubʼda eʼlon qilingan, paket esa NuGetʼda mavjud.



