RUUZEN
Oʻyinlar

Dota 2 tahlilchisi Rossiya jamoalari oʻrtasidagi finallardan charchaganini aytdi

Dota 2 boʻyicha soʻnggi oltita yirik LAN turnirida Rossiya jamoalari gʻolib boʻldi, finallarning uchtasi esa ular oʻrtasida oʻtdi

20-oktabr, 13:34По-русски
Dota

Amerikalik tahlilchi va Dota 2 boʻyicha sobiq professional oʻyinchi Avery «SVG» Silverman boshqa mintaqalardan kuchliroq tarkiblarni koʻrishni istashini aytdi. Uning fikricha, hozir bir nechta yetakchi jamoa qolganlardan sezilarli darajada ustun, garchi bunday tafovutning oʻzi albatta yomon boʻlmasa ham.

Silverman Team Spirit va Team Yandex oʻrtasidagi qarama-qarshilikni zerikarli deb hisoblamasligini va ularning oʻyinini tanqid qilmasligini taʼkidladi. Biroq butun yil davomida eʼtibor bir xil uchta jamoaga qaratilsa, bu joniga tegishi mumkin; tahlilchida sahna asta-sekin MDH atrofida jamlanayotgandek taassurot uygʻonmoqda.

Yana oʻqing