RUUZEN
Ilm-fan

Titana yoʻl olayotgan NASAning Dragonfly rotorli apparati kameralar bilan jihozlandi

NASA Dragonfly apparatiga Titan yuzasini parvoz vaqtida va unda ishlash jarayonida suratga olish uchun yettita kamera oʻrnatdi.

26-noyabr, 11:35По-русски

Read in English

science.nasa.gov

DragonCam kameralarini Malin Space Science Systems ishlab chiqdi va tayyorladi. Noyabr oʻrtalariga kelib, ular issiqlikdan izolyatsiyalangan korpuslarga oʻrnatildi, sinovdan oʻtkazildi va apparatga integratsiya qilindi. Titandagi harorat Farengeyt boʻyicha −290 darajagacha pasayishi mumkin.

Tizim panoramali suratga olish, hududning stereotasvirlarini yaratish va apparat ostidagi yuzani oʻrganish uchun moʻljallangan kameralarni oʻz ichiga oladi. Mikroskopik kamera DrACO asbobi namuna yigʻadigan joy atrofidagi qum donachalarini koʻrishga yordam beradi. Infraqizildan ultrabinafshagacha boʻlgan diapazondagi yorugʻlik diodli yoritgichi materiallarning rangi va tarkibini oʻrganish, shuningdek, Titanda deyarli sakkiz Yer sutkasi davom etadigan tun vaqtida fluoressensiyalanuvchi organik molekulalarni izlash imkonini beradi.

Dragonflyʼning qolgan ilmiy asboblarini yaqin oylar ichida yetkazish, oʻrnatish va sinovdan oʻtkazish rejalashtirilgan. Missiyani 2028-yil iyulida uchirish, Titanga esa 2034-yil oxirida yetib borish rejalashtirilgan.