Geymer GTA 6’da 3 kun elektr liniyalari boʻylab yurdi: Vice City portali, Tommy Vercetti koʻylagi
Yutubchi Memeo GTA 6’da Vice Cityʼga ishorali sirni faollashtirish uchun uch kun podstansiyalarni izladi. Mukofot — Tommy Vercetti koʻylagi va Malibu mototsikli.

Topilmani ochgan muallif GTA 6’da koʻp bosqichli sirni aniqladi. U Ki-Lentodagi tadqiqot minorasidan boshlanadi: richag va tugma bilan oʻzaro taʼsirlashgach, oʻyinchi Vice Cityʼdan tovush eshitadi va LPL energetika kompaniyasi plakatini topadi.
LPL podstansiyalari xaritada koʻrsatilmagan, shu bois ularni elektr uzatish liniyalari boʻylab yurib izlashga toʻgʻri keladi. 12 ta obyekt devorlarida yashirilgan harflar «Life is passing me by» jumlasini hosil qiladi — bu Vice Cityʼdagi oʻyin vaqtini tezlashtirgan cheat-kod nomi.
Keyin kodni podstansiyalarning oʻzida richaglarni oʻzgartirib, tugmalarni kerakli ketma-ketlikda bosgan holda qoʻlda kiritish kerak. Tezkor koʻchishdan foydalanib boʻlmaydi. Shundan soʻng oʻyin qahramonni 19:00 dan 6:00 gacha boʻlgan vaqtda «Reaktor 2»ga yuboradi. U yerda 2000-yillar boshidagi poligonal grafika uslubida ishlangan «Malibu» klubiga portal ochiladi.
Ikkinchi qavatda oʻyinchi Kent Paulni uchratadi. Unga yana britaniyalik aktyor Danny Dyer ovoz bergan, aktyor bu sahna uchun yangi replikalarni yozib olgan. Maxfiy zanjirni bosib oʻtgani uchun oʻyin Tommy Vercettining rang-barang koʻylagi va uning Malibu mototsiklini beradi. Muallif toʻliq kat-sahnani 23 noyabrda eʼlon qilgan.



