GTA 6’da firibgarlar, jinoyatchilar va furrilar ishtirokidagi noodatiy tasodifiy voqealar aniqlandi
Oʻyinchilar quvlovlar, notanishlarning gʻalati iltimoslari, avariya sahnalashtirilishi va hatto yashirin furri harakatiga duch kelishi mumkin.

GTA 6’ning ochiq dunyosi kutilmagan voqealarga boy boʻlib, ularning koʻpchiligi zamonaviy jamiyatga oid satiraga aylanadi. Aniqlangan epizodlar orasida noodatiy qahramonlar, shubhali daromad sxemalari va oʻyinchi oldindan aytib boʻlmaydigan oqibatlarga ega qarorlar qabul qilishi kerak boʻladigan vaziyatlar bor.
Uchrashuvlarning birida yalangʻoch erkak xiyonatdan keyin uni uyiga olib borishni soʻraydi, biroq safar uning sevgilisi bilan quvlovga aylanadi. Manzilga yetib kelgach, oʻyinchi yoʻlovchining xotiniga boʻlib oʻtgan voqeani aytishi yoki kolleksion soatlar evaziga poraga rozi boʻlishi mumkin. Boshqa bir qahramon korporatsiyani sudga berish uchun avtomobil avariyasi oqibatlarini sahnalashtiradi va oʻyinchiga tovon pulidan ulush evaziga guvoh boʻlishni taklif qiladi. Natijada $12 500 olish mumkin.
Bundan ham xavfliroq vaziyatlar bor. Baliq ovlash paytida notanish kishi ommaviy baliq ovlash qurilmasini sinab koʻrishni taklif qiladi, biroq qurilma portlovchi modda boʻlib chiqadi. Natijada nafaqat baliqlar, balki yaqin atrofdagi dayverlar ham halok boʻladi, shundan soʻng voqea joyiga politsiya yetib keladi.
Boshqa bir epizodda Lusiyani «Sherik» filmiga ishora qiluvchi qurollangan yoʻlovchi garovga oladi. Uning koʻrsatmalarini bajargach, oʻyinchi narkolaboratoriyani topishi, jinoyatchini yoʻq qilishi va $11 000 qiymatidagi kokainni olib ketishi mumkin.
Noodatiy guruhlar ham uchraydi: oʻyinchi politsiya taʼqib qilayotgan furriga qochishni tashkil etishda yordam berishi va uni tarafdorlari oʻz qarshilik harakatini tayyorlayotgan maxfiy boshpanaga yetkazishi mumkin.
Bunday voqealar Rockstarʼning ochiq dunyoni toʻldirishdagi oʻziga xos yondashuvini koʻrsatadi: hatto oddiy safar yoki tasodifiy uchrashuv ham kutilmagan rivojga ega alohida hikoyaga aylanishi mumkin.



