RUUZEN
Ilm-fan

«Progress MS-36» yuk kemasi XKS bilan tutashdi

«Progress MS-36» 24 noyabr kuni Baykonurdan uchirilgach, XKS bilan tutashdi. «Roskosmos»ga koʻra, kema qariyb 2,5 tonna yuk va «Teledroid» robotini yetkazdi.

26-noyabr, 17:47По-русски

Read in English

Роскосмос / 3dnews.ru

Kema orbitaga «Soyuz-2.1b» tashuvchi raketasi yordamida chiqarildi. Yuk tarkibida stansiyaga yonilgʻi quyish uchun 750 kg yoqilgʻi, 420 kg ichimlik suvi va uning atmosferasini toʻldirish uchun 51 kg havo bor.

«Teledroid»ni NPO «Androidnaya texnika» ishlab chiqdi, tajribani tashkil etuvchi sifatida esa TsNIIMash qatnashdi. Robot avval stansiya ichida sinovdan oʻtkaziladi, soʻng Rossiyaning «Nauka» modulining tashqi yuzasiga oʻrnatiladi. Tizim avtomatik va qoʻlda boshqarish rejimlarida ishlashi, shuningdek, ovozli buyruqlarga javob berishi mumkin.

Dastur 40 tagacha seansni nazarda tutadi: ularning bir qismi simulyatorda oʻtkaziladi, keyin sinovlar modul ichida va XKSning tashqi yuzasida davom etadi. Operatorlar kosmonavtlar Pyotr Dubrov va Anna Kikina boʻladi. Ochiq kosmosga chiqish vaqtida ular robotlashtirilgan tizimning tashqi qismini oʻrnatishlari kerak, shundan soʻng tizimni stansiyadan boshqarish mumkin boʻladi.

«Teledroid» vakuum, radiatsiya va harorat oʻzgarishlari sharoitida ishlashga moʻljallangan. Supervizorlik boshqaruvida kosmonavt robotga vazifa beradi, robot esa texnik koʻrish yordamida asboblarni olib, ularni odamga uzatishi mumkin.