RUUZEN
Ilm-fan

Vulcan raketasi halokatga uchrab, Amazon Leoʻning 40 ta sunʼiy yoʻldoshini yoʻq qildi

Nosozlik Centaur yuqori bosqichining ishlashi paytida yuz berdi. ULA muvaffaqiyatsiz uchirish sabablarini tekshirishni boshladi.

17-noyabr, 16:53По-русски

Read in English

15 noyabr kuni United Launch Alliance (ULA) kompaniyasining Vulcan raketasi Amazon Leo sunʼiy yoʻldoshlar missiyasini uchirish chogʻida halokatga uchradi. Startdan taxminan 10 daqiqa oʻtib yuz bergan nosozlik sabab raketa 40 ta internet sunʼiy yoʻldoshini orbitaga olib chiqa olmadi.

ULAʼning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, nosozlik Centaur yuqori bosqichi ishlayotgan paytda yuz bergan. Hodisa sabablari hozircha nomaʼlum. Kompaniya parvozlarni qayta boshlash uchun zarur choralarni belgilash maqsadida tekshiruv oʻtkazmoqchi.

Halokat Amazonʼning Starlink bilan raqobatlashishi kerak boʻlgan sunʼiy yoʻldosh tarmogʻini joylashtirish rejalariga taʼsir qilishi mumkin. Kompaniya Vulcan raketasida 38 ta uchirishni bron qilgan. Hozir orbitada Amazon Leoʻning qariyb 390 ta sunʼiy yoʻldoshi bor, guruhlashmani esa 2029 yil iyuligacha 3 232 ta apparatgacha oshirish rejalashtirilgan.

Loyihani amalga oshirish muddatlari endi, jumladan, ULA halokat oqibatlarini qanchalik tez bartaraf etishi va raketani yana foydalanishga qaytarishiga bogʻliq boʻladi.