IIHS maʼlumotlariga koʻra, 2027 yil oldidan eng xavfsiz SUVlar
Roʻyxatga IIHSning eng yuqori mukofoti — Top Safety Pick+ bilan taqdirlangan, 2027 model yili uchun tasdiqlangan oʻrta, premium oʻrta va katta toifadagi SUVlar kirdi.

IIHS frontal, yon va orqa toʻqnashuv sinovlarida yuqori baholagan modellar roʻyxati tuzildi. Unga Honda Passport, Hyundai Santa Fe, Kia Telluride, Subaru Ascent, Nissan Murano, shuningdek Genesis GV80, Audi Q6 e-Tron, Q6 e-Tron Sportback, Audi Q5, Q5 Sportback va Tesla Model Y kirdi.
Santa Feʼning ayrim frontal sinovlarida orqa yoʻlovchilarning jarohatlanish xavfi yuqoriroq ekani qayd etildi. Murano faralari va ProPilot tizimi Acceptable bahosini oldi. Model Yʼda esa xavfsizlik kamarlari haqidagi eslatmalar va bolalar oʻrindiqlarini mahkamlash moslamalariga doir eʼtirozlar bildirildi. Tesla bahosi faqat Model Yʼning standart versiyasiga tegishli, uch qatorli Model Y Lʼga emas.
Katta toifada mukofotni elektr Rivian R1S va Volvo EX90 oldi. Rivian kuzov tuzilishi va orqa oʻrindiqlardagi oʻzgarishlardan soʻng frontal zarbalarda himoyani yaxshiladi. Volvo ikkinchi qator yoʻlovchilarining jarohatlanish xavfini kamaytirish uchun orqa tutib turuvchi tizimlarni takomillashtirdi. Audi Q6 e-Tron sinovlardan birida manekenning xavfsizlik kamari boʻyniga tomon siljigani qayd etildi. Genesis GV80’da esa orqa yoʻlovchining tos qismidan jarohatlanish xavfi kichik boʻlsa-da, saqlanib qoldi.



