Motorola Edge 70 Neoʻning asosiy xususiyatlarini tasdiqladi
Motorola Edge 70 Neo taqdimotini 24-noyabrga belgilab, 50 MP Sony Lytia 710 kamerasini tasdiqladi. Unda 144 Hz chastotali 6,8 dyuymli ekran boʻladi.

Panel Extreme AMOLED Super HD texnologiyasi asosida yaratilgan va 1.5K aniqlikni qoʻllab-quvvatlaydi. Uning maksimal yorqinligi 5 200 nitni tashkil etadi, himoyani esa Gorilla Glass 7i taʼminlaydi.
Smartfon Snapdragon 7s Gen 3 chipi bilan jihozlanadi va 8 GB gacha tezkor xotiraga ega boʻladi. 7 000 mA·soat sigʻimli batareya 53 soatgacha avtonom ishlashga moʻljallangan. Qurilma 45 Vt quvvatli zaryadlash hamda 7,5 Vt quvvatli simli teskari zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi.
Motorola Edge 70 Neoʻning barcha dizayn variantlarini ham namoyish etdi: Pantone Mountain View, Pantone Grey Lilac, Pantone Milky Blue va Pantone Sage. Mountain View varianti ipak koʻrinishidagi qoplamaga, Grey Lilac atsetat koʻrinishidagi qoplamaga ega; qolgan ikki variant esa teri uslubida bezatilgan. Smartfon chang va suvdan himoyalanish boʻyicha IP64 standartiga sertifikatlangan.



